"Turon": Mashg'ulotlar davom etmoqda, ertaga jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik rejasi ko'rib chiqiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Xabaringiz bor, jamoa vakillari 7 yanvar kunidan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshladilar.
Klub qarorgohida tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda asosan tiklanish va jismoniy tayyorgarlikni oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Ertaga, 10 yanvar kunidan boshlab mashg'ulotlar kunning ikki vaqtida tashkil etiladi.
Shuningdek, ertaga klub qarorgohida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tadi. Klub rahbariyati ishtirokida tashkil etiladigan yig'ilishda jamoaning mavsumga tayyorgarlik rejasi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan turli masalalar ko'rib chiqiladi.
"Turon" matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337