O'rtoqlik o'yinlari. Argentina Messisiz, Braziliya Jezusning dubli evaziga g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1054

FIFA kunlari doirasida o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Argentina terma jamoasi safarda Marokash klubi mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi. O'yin tugashiga 7 daqiqa qolganida Anxel Korrea "albiseleste"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Braziliya esa Chexiya maydonida irodali g'alabaga erishdi. Bahsning 37-daqiqasida Pavelka hisobni ochgandi. Ikkinchi taym boshida esa Firmino himoyachilarning xatosidan foydalanib, muvozanatni tikladi.
O'yinning so'nggi 10 daqiqasida "pentakampeonlar" chiroyli kombinatsiyalar tashkil etishdi va Gabriel Jezus ikki marta raqib darvozasingi ishg'ol qildi.
O'rtoqlik o'yinlari
Marokash – Argentina 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 83 Korrea.
Marokash – Bunu, Hakimiy, Benatiya (Abdelxamid, 61), da Koshta (Idrissi, 87), Mazraui, Saiss, El-Ahmadiy (Ait-Bennasser, 61), Bufal, Bussufa (Fajr, 74), Belxanda (Burabiya, 87), Butaib (Aliui, 75).
Argentina – Andrada (Musso, 67), Kannemann, Montiel, Petstselya, Paredes (Saracho, 76), Rodriges, de Paul (Korrea, 62), Pereyra (Markone, 90), Akunya, Martines (Suares, 56), Dibala (Lo Chelso, 79).
Chexiya – Braziliya 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 37 Pavelka, 1:1 – 49 Firmino, 1:2 – 83 Gabriel Jezus, 1:3 – 90 Gabriel Jezus.
Chexiya – Pavlenka, Tsoufal, Novak (Gebre Selassie, 46), Chelyustka (Kudela, 59), Suxi, Darida (Fridek, 56), Pavelka (Kral, 69), Masopust, Souchek, Zmrgal (Yankto, 84), Shik (Viidra, 53).
Braziliya – Alisson, Aleks Sandro, Markinos, Tiago Silva, Danilo, Kazemiro (Artur, 71), Koutino (Gabriel Jezus, 72), Lukas Paketa (Everton, 46), Allan, Risharlison (Neres, 63), Firmino (Fabino, 87).

Bosh sahifaga
232