Qatar chempionatida futbolchi o'yin paytida yurak xurujiga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

“Al-Vakra” klubi markaziy himoyachisi Usmon Kulibali Qatar chempionatining 13-tur doirasidagi “Al-Rayan” bilan uchrashuvida yurak xurujiga uchradi, deb xabar berdi “AlKass” telekanali.
Uchrashuv birinchi bo'limda to'xtatildi. 32 yoshli futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va uning ahvoli hozircha noma'lum.
Joriy mavsumda Kulibali “Al-Vakra” safida 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga erishdi. Malilik avvalroq “Gingamp”, “Brest”, “Platanias” va “Panatinaikos” klublarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226