Varan Angliya kubogi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

«Manchester Yunayted»ning frantsiyalik himoyachisi Rafael Varan Angliya kubogi doirasida «Aston Villa»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu klub tarixining bir qismi bo'lgan muhim turnir ekanligini bilaman va muxlislar unga qiziqish bildirishmoqda. Men uchun bu yangi musobaqa, yangi chaqiruv. Va men doim g'alaba qozonishni xohlayman. Yangi kubok. Eng asosiysi g'alaba qozonish istagi.
Kubok bahslarida xatoni tuzatishning iloji yo'q, bor kuchini berib, yaxshi o'yin ko'rsatish kerak. Bu katta qiyinchilik va shuning uchun kubok bahslari juda qiziqarli. Siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutamiz", dedi frantsuz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225