"Nyukasl" 3-liga jamoasiga mag'lub bo'ldi va Angliya kubogini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"Nyukasl" Angliya kubogi 1/32 final bosqichida mag'lub bo'ldi va turnirni tark etdi.
Oktyabr oyi boshida Saudiya Arabistoni hukumati davlat investitsiya jamg'armasi tarkibiga kiruvchi tashkilot tomonidan sotib olingan jamoa Angliyaning uchinchi ligasi vakili "Kembrij" klubiga yutqazib qo'ydi (0:1).
Shunday qilib, Eddi Xau boshchiligidagi jamoaning g'alabasiz seriyasi 5 ta o'yinga etdi - avvalroq Premer-ligada "Nyukasl" "Lester" (0:4), "Liverpul" (1:3) va "Manchester Siti"ga (0:4) yutqazgan, shuningdek, "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynagan (1:1).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223