Sardor Rashidov “Paxtakor” bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

O'tgan mavsum Toshkentning “Paxtakor” klubi tarkibini tark etgan Sardor Rashidov bugungi “sherlar” mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Mish-mshlarga ko'ra, agar, futbolchi klub rahbariyati bilan shartnoma shartlarini kelisha olsa Sardor yangi mavsumni toshkentliklar safida boshlaydi.
Ma'lumot o'rnida, Rashidov o'tgan mavsum “Kuvayt SK” klubida yarim mavsum o'ynadi.
Sardor bungacha “Al-Jaish” (Qatar), “Al-Jazira” (BAA), “Nasional” (Portugaliya) va “Qatar SK” (Qatar) kabi klublarda faoliyat yuritgan.
O'zbekistonda esa u «Paxtakor»dan tashqari “So'g'diyona”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
141