Nazorat uchrashuvi. «Bunyodkor» Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3452

Superliganing 2-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rayotgan «Bunyodkor» bugun nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qozog'iston chempionatining 1-ligasi ishtirokchisi Qizilo'rdaning “Baykonur” klubiga qarshi maydonga tushgan “qaldirg'ochlar” durangga imzo chekdi. Sanjar Rihsiboev burchak to'pidan keyin hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda “Bunyodkor” tarkibi sezilarli darajada yangilandi. Bu o'yinga o'z ta'sirini o'tkazdi va mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.
Nazorat uchrashuvi
Bunyodkor – Baykonur (Qozog'iston) – 1:1
26 mart. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Dilshod Ahmadaliev, Anvar G'ofurov, Boburbek Farhodov, Abubakr Mo'ydinov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To'raev, Suhrob Izzatov, Xurshid G'iyosov, Jaloliddin Jaloliddinov, Sanjar Rihsiboev.
Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abduljalilov, Vladislav Nuriev, Sergey Proxorov, Kemran Najafaliev, Burxon Usmonov.
Gol: Sanjar Rihsiboev.

Bosh sahifaga
163