"Barselona" Dembele o'rniga tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

"Barselona" "Vulverxempton" vingeri Adama Traorega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, agar hujumchi Usmon Dembele bilan shartnoma uzaytirilmasa, Kataloniya klubi 25 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Qayd etilishicha, transferga Kataloniya rahbariyatining Traraorening agenti Xorxe Mendes hamda ingliz klubining o'zi bilan yaxshi munosabatlari yordam berishi mumkin.
Shu bilan birga, "Barsa" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Traorening o'zi ham klubga qaytishni xohlaydi. U hali ham Jordi Alba, Sergi Buskets, Sergi Roberto va Ferran Torres bilan yaxshi munosabatlarni saqlab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222