Rangnik Pogbaning qachon safga qaytishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik jarohat olgan yarimhimoyachi Pol Pogbaning tiklanish muddati haqida gapirdi. Futbolchi noyabr oyidan beri Frantsiya terma jamoasi joylashgan joyda jarohat orttirib olgan edi.
“O'tgan hafta menga u 4-5 haftadan so'ng mashg'ulot o'tkazishi haqida xabar berishdi. Umid qilamizki, Pol imkon qadar tezroq qaytadi. U qaytganida ham formaga kirishi uchun biroz vaqt kerak bo'ladi”, - deya nemis murabbiyining so'zlarini keltiradi “Goal”.
Pogbaning mankunianliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Premer-liganing joriy mavsumida frantsiyalik futbolchi 9ta o'yinda 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191