Rasman! “Barselona” yangi transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi rasmiy saytida jamoaning qanot himoyachisi Fabio Blankoning “Barselona”ga o'tganini e'lon qildi. 17 yoshli futbolchi o'tgan yozda “Valensiya”ni tark etib, Frankfurt klubi bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan edi.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi “Ayntraxt”ning 19 yoshgacha bo'lgan jamoasi safida 8 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193