Allegri “Roma”ga qarshi o'yin oldidan diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A seriya 20-turidan o'rin olgan “Napoli”ga qarshi o'yindan keyin norozilik bildirdi. Bu haqda “Gazzetta dello Sport” nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, “keksa sinora” bosh murabbiyi hakamga nisbatan beadab so'zlar aytgani uchun bir o'yinga diskvalifikatsiya qilingan. Bundan tashqari, murabbiy o'n ming evro miqdorida jarima to'lashga majbur bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Shu tariqa, Allegri A seriyadagi navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi. 9 yanvar kuni “Yuventus” safarda “Roma” bilan uchrashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194