Rasman! Pyontek — “Fiorentina” futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

“Fiorentina” hujum chizig'ini polshalik hujumchi Kshishtof Pyontek bilan mustahkamladi. Italiya klubi hujumchini “Gerta”dan ijaraga oldi, deb xabar beradi “binafsharanglilar” rasmiy sahifasi.
Shartnomada ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin futbolchining sotib olinishi mumkinligi haqidagi band mavjud. “Fiorentina” Pyontekka 19-raqamni berdi.
Joriy mavsumning birinchi yarmida Kshishtof Bundesligada to'qqizta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183