“Barsa” Umtiti borasida faqat bitta taklif olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Kataloniyaning “Barselona” klubi frantsiyalik himoyachi Samuel Umtitini transfer qilish bo'yicha faqat bitta taklif oldi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar bermoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Istanbulning “Beshiktosh” klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shu bilan birga, turk klubi to'liq transferni amalga oshirmoqchi emas, balki “burgutlar” frantsuzni 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
Yaqinda Umtiti jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesning rejalariga kiritilmagani ma'lum bo'ldi. Klub shartnomasi yana 1,5 yilga mo'ljallangan futbolchidan qishda qutulishga harakat qiladi.
28 yoshli himoyachi 2016 yilda “ko'k-anorranglilar” safiga qo'shilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159