“Nyukasl” MYu hujumchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal “Nyukasl”ning navbatdagi transfer maqsadiga aylandi. “The Times” nashrining yozishicha, Angliya chempionati autsayderi joriy mavsum yakuniga qadar hujumchini ijaraga olmoqchi.
Avvalroq, frantsiyalik hujumchiga Ispaniyaning “Sevilya” klubidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq muzokaralar jarayoni to'xtab qolgan.
Antoni bu yil Premer-liganing ettita o'yinida maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylangan.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl” kecha yanvar oyidagi ilk transferni amalga oshirdi. Himoyachi Kiran Tripper “qirqlik” safiga qo'shildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178