"Barselona" ijaraga berib yuborgan futbolchi sobiq jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

Kuni kecha "Barselona" hujumchi Aleks Kolyadoni mavsum yakuniga qadar "Granada"ga berib yuborganini e'lon qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Granada" futbolchini La Ligada ro'yxatdan o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Endi hujumchi "ko'k-anorranglilar"ga qarshi o'yinda o'zining debyutini nishonlashi mumkin.
Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Robert Moreno klub Kolyadoni ro'yxatdan o'tkazsa, unga ishonch bildirishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.
Ma'lumot uchun, La Liga 20-turidan o'rin olgan "Granada" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
396