Arteta "Arsenal"ga yangi hujumchi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi hujumchi bilan shartnoma imzolash rejalari haqida gapirdi. Shuningdek, u yarim himoyachi Jek Uilshir bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ham rad etdi.
"Biz yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashga tayyormiz. Buni yanvarda yoki yozda qila olishimiz, boshqa savol, lekin biz izlanishda davom etyapmiz. Biz muzokaralar uchun ochiqmiz”, - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma'lumot uchun, "Arsenal" Premer-ligada 20 o'yindan so'ng to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 35 ochko bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401