Fati «Real»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes jarohati tufayli noyabr oyidan beri maydonga tushmayotgan hujumchi Ansu Fati haqida malumot berdi.
«Biz Ansuni yaxshi ko'ramiz. Uning qaytishini bilish biz uchun ajoyib yangilik. U juda yaxshi ishlamoqda.
Bu fundamental o'yinchi. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz, chunki u holda mavsum yakuniga qadar uni yo'qotish xavfi bor.
Shuning uchun, men to'liq tayyor bo'lguncha kutishni afzal ko'raman. Gap uning jismoniy formasida», - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Real» bilan o'yin 12 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
438