"Sevilya" 30 million evrolik taklifni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Angliyaning "Nyukasl" klubi "Sevilya"ning braziliyalik himoyachisi Diego Karlosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Daily Star" nashri xabar berdi.
Ispaniya klubi 28 yoshli futbolchini jamoada qoldirish variantini ko'rib chiqmoqda. Ular shuning uchun "hakkalar" tomonidan taklif qilingan 30 million evro miqdoridagi transfer summasini allaqachon rad etgan.
Ma'lumot uchun, Karlos “Sevilya”ga 2019 yil yozida “Nant”dan 15 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 26ta o'yinda ikkita gol urdi. Transfermarkt portali Karlosning bozor narxini 45 million evroga baholamoqda. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444