Morata hali ham "Barselona"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Ispaniya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Alvaro Morata hali hamon "Barselona" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
Jurnalist Jerar Romeroning so'zlariga ko'ra, Kataloniya klubidagi manbalarning aytishicha, agar "ko'k-anorranglilar" ayni damda jamoadagi maoshni to'liq limitga tushira olsa, Morata 31 yanvarga qadar "Barselona" futbolchisiga aylanadi.
Oldinroq "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Morata bilan masala yopilganligi va u "byankonerilar" safida qolishini aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444