"Nasaf" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Xabaringiz bor, "ajdarlar" 3 yanvardan boshlab Qarshidagi qarorgohlarida yig'ilishgan edi. Hozirgi kunda futbolchilarimiz ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borishmoqda.
3 yanvar kuni milliy terma jamoa yig'ini uchun jalb etilgan futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tib, jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilishgan edi. Ular hozir jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. Umidjon Ergashev, Umar Eshmurodov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Abubakr-Rizo Turdialiev, Oybek Bozorov, Husayn Norchaevlar hamda jamoamiz massajchisi Andrey Bezborodov 9 yanvar kuni milliy terma jamoa ixtiyoriga borib qo'shilishadi.
"Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida 13 yanvar kuni soat 14:00 da "Geolog" stadionida Buxoroning "Buxoro" jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
347