Hamyurtimiz xalqaro tashkilot a'zosiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi, O'zbekiston polo federatsiyasi raisi o'rinbosari Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) ijroiya qo'mitasi qaroriga ko'ra, 2024 yilgacha bo'lgan muddatga qadar UIPM Xotin-qizlar qo'mitasi a'zosi etib tayinlandi.
Oldinroq hamyurtimizning nomzodi UIPM prezidenti, doktor Klaus Shormann tomonidan tashkilot Ijroiya qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqishga tavsiya qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil 27-28 noyabr kunlari o'tkazilgan UIPMning onlayn Kongressida O'zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan xalqaro tashkilot qoshida Xotin-qizlar qo'mitasini tuzish g'oyasi ilgari surilgan edi.
Bundan ko'zlangan maqsad - sportchilar, trenerlar, hakamlar va sport federatsiyalari rahbarlari orasida gender tengligini ta'minlashdan iborat. Ta'kidlash kerak, UIPM qoshida Xotin-qizlar qo'mitasini tuzish taklifini onlayn Kongress ishtirokchilarining 95 foizi qo'llab-quvvatladi.
Manba: minsportuz
Bosh sahifaga
406