«MYu» Rangnikning rejalari bilan hisoblashmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

«Manchester Yunayted» qishki transferlar oynasida o'z tarkibini kuchaytirishni reja qilmayapti.
Talksport xabariga ko'ra, klub mavsum oxirigacha tayinlangan bosh murabbiy Ralf Rangnikning taklif qilgan transferlarini moliyalashtirmaydi.
«Yunayted» shoshmoqchi emas va yozda markaziy yarimhimoya chizig'iga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Unga ko'ra, «Vest Xem» yarimhimoyachisi Deklan Rays va «Vulverxempton» futbolchisi Ruben Nevesh klub bilan aloqaga chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362