Rasman: Piter Hyuistra «Paxtakor»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Toshkent klubi matbuot kotibi Behzod Nazarovning ma'lum qilishicha, niderlandiyalik mutaxassisning shartnoma muddati yakunlangan va tomonlar kelishuvni davom ettirmaslikka qaror qilgan.
Nazarovning ta'kidlashicha, klub hozirda 3 nafar xorijlik murabbiy bilan muzokara olib bormoqda.
Piter Hyuistra 2021 yilgi mavsum avvalida «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Ungacha u jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Shota Arveladzega assistentlik qilgandi.
«Sherlar» Hyuistra qo'l ostida 2021 yilgi mavsumda O'zbekiston chempionatida g'olib chiqqan bo'lsa, O'zbekiston Kubogida finalga qadar etib bordi. Hal qiluvchi o'yinda jamoa «Nasaf»ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, 54 yoshli murabbiy «Paxtakor»da yiliga 350 ming evro maosh olgan.
Manba: daryo.uz
Bosh sahifaga
412