“Vest Xem” etakchisi bilan shartnoma uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

“Vest Xem” Maykl Antonio bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yangi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan. Bundan tashqari, ushbu bitim yana bir mavsumga uzaytirilshi mumkin.
Yamaykalik hujumchi 2015 yildan beri “Vest Xem”da o'ynab kelmoqda. Avvalroq, u ketma-ket ikki mavsumda 10 ta gol urishga erishgandi. Joriy chempionatda hozirgacha sakkizta gol urdi.
31 yoshli hujumchida faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlar ham bor edi, biroq o'zini ko'rsatgan klubga qolishga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355