Keyrush: “Saloh — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ronaldu buni eshitsa xafa bo'ladi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush “Liverpul” vingeri Muhammad Salohni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
“O'ylaymanki, ayni damda sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi Misr terma jamoasi safida o'ynayapti desam qarshilik qilmaysiz.
Mening do'stim Krishtianu Ronaldu buni eshitsa xafa bo'ladi!” - hazil bilan qayd etdi portugaliyalik mutaxassis.
Keyrush 2004 yildan 2008 yilgacha Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da faoliyat olib borgan. U o'shanda murabbiy yordamchisi bo'lib ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348