Beyl karerasini tugatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Ispaniyaning nufuzli nashri xabariga ko'ra, Garet Beyl yozda faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. Chunki, uelslik futbolchi o'ziga yangi klub qidirmayapti.
“Real Madrid” futbolchi bilan shartnomani yangilamasligi aniq. Beyl faqatgina Uels terma jamoasi safida o'ynashni o'ylamoqda. Agar jamoa jahon chempionatiga chiqsa, u holda Garet o'ziga yangi klub topadi. Agar bu sodir bo'lmasa, unda karerasini tugatishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida, Beyl dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358