«Fiorentina» Pentekning transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Fiorentina» matbuot xizmati Twitterda «Gerta» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Kshishtof Pentekning Florentsiya aeroportida tushgan suratini joylashtirdi.
«Pentek shu erda», deb yozadi nashr.
Oldinroq italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio 26 yoshli polshalik «Gerta»dan «Fiorentina»ga o'tishi haqida xabar bergan edi. Unga ko'ra, Florentsiya klubi hujumchini 15 million evro evaziga sotib olish optsiyasi bilan tekin ijaraga oladi.
Joriy mavsumda hujumchi «Gerta» tarkibida o'nta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356