«Sautgempton» 40 yoshli darvozabon bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Darvozabon Villi Kabalero «Sautgempton» bilan shartnomasini joriy mavsum oxirigacha uzaytirdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
40 yoshli futbolchi o'tgan yilning dekabr oyi boshida erkin agent sifatida «avliyolar» safiga qo'shilgan va 5 yanvargacha shartnoma imzolagandi. Ikki asosiy darvozabon - Aleks Makkarti va Freyzer Forster jarohat olgach, «Sautgempton» Kabalero bilan shartnoma imzoladi.
Bir oy davomida Kabalero «Sautgempton» safida Premer-ligada 2 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 5 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342