Rasman! Abdulla Abdullaev — AGMK futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Toshkent viloyatining AGMK jamoasi selektsiya ishlaridagi navbatdagi transferlarini e'lon qilishni davom ettiradi.
«Bunyodkor» futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 4 mavsumni o'tkazgan va 2022 yildan e'tiboran erkin agentga aylangan himoya va tayanch yarim himoyada o'ynaydigan — Abdulla Abdullaev AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Abdullaev 2018 yilgi mavsumdan e'tiboran «Bunyodkor»ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida yorqin o'yinlarni o'tkazib keldi. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 94 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Abdullaev o'tgan yildan e'tiboran O'zbekiston terma jamoasining muqim futbolchisiga aylandi.
Endilikda AGMK ahil oilasining a'zosiga aylangan Abdulla Abdullaevga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo'lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Abdulla deya iqtidor sohibini jamoamizga iliq qabul qilamiz!
Abdulla Abdullaev haqida qisqacha ma'lumot: futbolchi 1997 yil, 1 sentyabr kuni tavallud topgan.
Manba: AGMK matbuot xizmati
Bosh sahifaga
504