«Nasaf»ning OChL saralash bosqichidagi o'yini bittaga kamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) kecha yig'ilish o'tkazib, 3 klubni Osiyo chempionlar ligasi musobaqasiga qo'ymaslik haqida qaror chiqardi. Eronning uch klubi — "Persepolis", "Istiqlol" va "Gol Gohar Sirjan" OChL litsenziyasidan mahrum qilindi.
Boisi, bu klublar litsenziyalashtirish talablarining barchasini bajara olmadi. Natijada OChL g'arb mintaqasida saralash bosqichi o'yinlari kamaydi. Qatarning "Al-G'arafa" klubi to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichiga yo'l oldi. "Nasaf" esa yagona saralash bahsini Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" klubiga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 15 mart kuni safarda o'tkaziladi.
OChL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309