Yana bir klub Xoland uchun kurashga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243

“Manchester Siti” Ispaniya grandlari bilan jahon futbolidagi eng yaxshi markaziy hujumchilardan biri, hozirda Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubida to'p surayotgan Erling Xoland uchun kurashga qo'shildi.
“The Athletic” nashri jurnalistlariga xabar qilishicha, “shaharliklar” yozgi transfer oynasida norvegiyalik hujumchi uchun kurashga kirishadi. Premer-liga chempionining asosiy raqobatchilari – “Real Madrid” va Kataloniyaning “Barselona” klublari.
Bir necha kun avval OAVda Erling qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi haqida qaror qabul qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Skandinaviyalik to'purar “Real” bilan shartnoma imzolashni istashini aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319