"Milan" A Seriyada bir yarim mavsumda 25 ta penalti ishlab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Italiya A seriyasining 20-turidan o'rin olgan “Milan” o'z maydonida “Roma”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. “Rossonerlar”ning gollaridan biri penaltidan kiritildi va hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda ular yana bir penaltini golga aylantira olishmadi. Bu o'tgan mavsum boshidan beri qizil-qoralar tomonidan tepilgan 25-penalti bo'ldi, deya xabar beradi Squawka.
"Milan" A Seriyada bir yarim mavsumda 25 ta penalti ishlab, ularning 76 foizini golga aylantirdi. Frank Kesser 16 marta "nuqta"dan zarba berdi - 13 gol. Zlatan Ibrahimovich hisobiga 6 ta penalti - 3 tasi amalga oshirildi. Olive Jiru ikkita penalti tepdi - ikkalasi ham gol bilan yakunlandi. Xoqon alxano'g'li ham bir marta penaltini aniq amalga oshirib, uni golga aylantirdi.
Eslatib o'tamiz, Italiya chempionatining joriy mavsumida 20 turdan so'ng “Milan” 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
318