Terma jamoamiz himoyachisi AGMK a'zosiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

AGMK selektsiya ishlaridagi navbatdagi transferlarini e'lon qilishni davom ettiradi.
«Bunyodkor» futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 4 mavsumni o'tkazgan va 2022 yildan e'tiboran erkin agentga aylangan himoya va tayanch yarim himoyada o'ynaydigan — Abdulla Abdullaev AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Abdullaev 2018 yilgi mavsumdan e'tiboran «Bunyodkor»ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida yorqin o'yinlarni o'tkazib keldi. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 94 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Abdullaev o'tgan yildan e'tiboran O'zbekiston terma jamoasining muqim futbolchisiga aylandi.
Abdulla Abdullaev haqida qisqacha ma'lumot: futbolchi 1997 yil, 1 sentyabr kuni tavallud topgan.

Bosh sahifaga
319