Mane: “Men bu kubok uchun hamma narsani almashtirgan bo'lardim”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

“Liverpul”ning senegallik hujumchisi Sadio Mane qo'lga kiritilgan barcha sovrinlarni Afrika Millatlar kubogi bosh sovriniga bajonidil almashishini tan oldi.
“Men butun faoliyatim davomida “ov qildim”, lekin o'ljaga qaramay, men hali ham ochman. Senegal xalqi bu sovrini uzoq kutgan. Men bu kubok uchun hamma narsani almashtirgan bo'lardim”, - Manening so'zlarini keltiradi “Mirror”.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Mane 20 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Afrika millatlar kubogi 9 yanvardan 6 fevralga qadar Kamerunda bo'lib o'tadi. “B” guruhida Senegal Zimbabve, Gvineya va Malavi terma jamoalari bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306