Mourino «Roma»ga yangi futbolchilar olib kelmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Italiyaning “Roma“ klubi “Portu“dan yarim himoyachi Serxio Oliveyrani ijaraga olish uchun harakat qilib ko'radi. Mourino futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Bu borada rimliklar portugal klubiga taklif yuborishdi. Endi ular “Portu“dan javob kutmoqda.
"Sky Sports" nashrining xabar berishicha, Joze Mourino rahbariyatdan “Arsenal“ futbolchisi Eynsli Meytlend-Naylz transferini ham so'ragan.
Yaqin soatlarda ingliz futbolchisi “bo'rilar“ safiga ijara asosida kelib qo'shilishi kutilyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319