Messi terma jamoaga chaqirilmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 27 yanvar va 1 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Chili va Kolumbiya terma jamoalari bilan JCh-2022 saralash bosqichining navbatdagi o'yinlariga chaqirilmasligi mumkin.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni "PSJ"ning 34 yoshli hujumchisiga koronavirus tufayli ushbu o'yinlarni o'tkazib yuborishni taklif qildi, deb xabar beradi Tyc Sports.
Manbaga ko'ra, Messi bir necha kun o'ylash uchun hozircha javob bermagan.
Bu orada futbolchi "PSJ"da mashg'ulotlarni qayta boshlagani, ammo jamoadan alohida ishlayotgani ma'lum bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387