Spalletti: "Napoli" futbolchilari bu linosni kiyishga loyiq ekanliklarini isbotlashdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Napoli" bosh murabbiyi Luchiano Spaletti A Seriya 20-turidan o'rin olgan "Yuventus"ga qarshi o'yin (1:1) haqida fikr bildirdi.
“Biz Turinga uch ochko olish niyatida kelgan edik, garchi o'yin oldidan buning uchun ko'p qiyinchiliklarni engib o'tishimiz kerak edi. G'alaba qozona olmaganimiz achinarli, ammo bu jamoa ko'rsatgan o'yindan juda faxrlanamiz.
Bu o'yinda futbolchilar kuchli xarakter va texnik fazilatlar bilan birga “Napoli” libosini kiyishga munosib ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. Davom etamiz”, - deya Spalettining so'zlarini keltiradi “Napoli” sayti.
"Napoli" (40) turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. "Yuventus" (35) beshinchi o'rinda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
415