Manba: PSJ Zidanni bosh murabbiylikka tayinlamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

“Real”ning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan PSJ rahbariyatining manfaatlari doirasida tushib qolgan. Frantsuz grandini hozirgi ustozi Maurisio Pochettinoning faoliyati qoniqtirmayapti, klub esa argentinalik mutaxassisning ishdan bo'shatish haqida o'ylamoqda.
“Sport.es” nashrining yozishicha, parijliklar Zidanni jamoa bosh murabbiyligiga ideal nomzod sifatida ko'rmoqda. PSJ kelasi yozda afsonaviy frantsuzga taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Zizuning tayinlanishi uzoq vaqtdan buyon “Real”ga o'tishi kutilayotgan hujumchi Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolishga yordam beradi.
Ma'lumot o'rnida, Zinedin o'tgan yilning may oyi oxirida “Real”ni tark etgan va shundan beri ishsiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390