Ana xolos! Ronaldu MYuni yozda tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda "Daily Mail".
Yuqoridagi manba bergan xabarga ko'ra, Ronaldu jamoaning keyingi bosh murabbiydan qoniqmasa, mavsum oxirida "qizil iblislar"ni tark etish haqida o'ylamoqda. Shuningdek, hujumchi Rangnikning klub bosh murabbiyligida qolishiga qarshi ekanligi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" noyabr oyida Rangnikni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlagan edi. U mavsumning qolgan qismida jamoani boshqaradi.
Ronaldu joriy Angliya Premer-ligasida 16 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi.
Manba: Championat.com
Bosh sahifaga
342