"Bavariya" futbolchisi fikrini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Myunxenning "Bavariya" klubi o'ng qanot vingeri Kingsli Koman jamoada qolishi mumkin.
"Sky Germany" jurnalisti Julien Maynardning xabar berishicha, futbolchining agenti PSJ, "Man Siti" va "Chelsi" kabi klublar bilan muzokara olib bordi, ammo tomonlar kelisha olmadi. Endi Koman fikrini o'zgartirdi va klub bilan amaldagi shartnomasini yangilamoqchi.
Ma'lumot uchun, hujumchi va "Bavariya" o'rtasidagi shartnoma 2023 yilning iyun oyida nihoyasiga etadi.
Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi Bundesliganing 10 o'yinida maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337