"Napoli"ning yangi a'zosi tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Napoli" "Manchester Yunayted" himoyachisi Aksel Tuanzebeni ijaraga oldi, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano Twitter sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi transfer yakunlanishidan avval tibbiy ko'rikdan o'tgan. Kelishuv yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
24 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsumda “Aston Villa”da ijara asosida o'ynadi. U APLning 11 o'yinida maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342