A Seriya. Markaziy bahsda “Yuventus” “Napoli” bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Italiya A Seriyasi 20-turi doirasidagi markaziy uchrashuv “Yuventus” — “Napoli” bahsi yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda tmonlar murosa yo'lini tanlashdi. Dastlabki gol 23-daqiqada mehmonlar futbolchisi Dris Mertens tomonidan kiritilgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Keza maydon egalarining hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa tomonlar btr ochkodan qo'lga kiritishdi.
“Yuventus” — “Napoli” – 1:1
Gollar: 0:1 – 23 Mertens, 1:1 – 54 Keza.
“Yuventus” – Shesni, Rugani, de Ligt, Aleks Sandro (De Shilo, 75), Rabo (Bentankur, 66), Lokatelli, Makkenni, Kuadrado, Morata (Kin, 75), Bernardeski (Dibala, 66), Keza (Kulusevski, 81).
“Napoli” – Ospina, Di Lorentso, Jezus, Rraxmani, Gulyam, Demme, Lobotka (Dzanoli, 90), Zelinski, Mertens (Petanya, 89), Insine, Politano (Elmaz, 76).
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (44), Demme (87).

Bosh sahifaga
342