“Lester” 20 yoshli iqtidorni sotib olishni mo'ljallamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

“Lester” “Bryugge” hujumchisi Sharl de Ketelar transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda, deya xabar beradi “RTL Belgium” nashri jurnalisti.
Manbaga ko'ra, “tulkilar” 20 yoshli futbolchi bilan yozgi transfer oynasida rasman shartnoma imzolashdan oldin bahorga qadar dastlabki kelishuvga erishishga umid qilishmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchiga “Real” va PSJ ham qiziqish bildirgan. Sharlning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
Shuningdek, avvalroq hujumchiga “Liverpul”dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349