“Chelsi” “Barsa” futbolchisini nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Londonning “Chelsi” klubi “Barselona” himoyachisi Serjino Destni sotib olishi mumkin. “Arsitokratlar” “Everton” bilan frantsuz futbolchisi Lyuk Dinning transferi borasida kelisha olmasa, Katalon klubi futbolchisini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda “The Sun“ nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Dest 2020 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga o'tgan edi. Joriy mavsumda amerikalik futbolchi Ispaniya chempionatining 12 ta uchrashuvida qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2019 yildan Dest AQSh terma jamoasiga chaqirilgan.
28 yoshli Ding joriy mavsumda himoyachi Angliya Premer-ligasining 13 uchrashuvida qatnashgan. Frantsiyalik futbolchining “Everton” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchini 30 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
358