Pochettino APL grandini boshqarishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelasi yozda “Manchester Yunayted”ni boshqarishni istamoqda. “The Sun” nashrining yozishicha, argentinalik mutaxassis Parijdagi mavqeidan norozi va mavsum yakunida jamoani tark etish niyatida.
“Manchester Yunayted”ga kelsak, ularning bosh murabbiyi Ralf Rangnik hozircha qo'lidan kelganini qilmayapti. Nemis mutaxassisi boshchiligidagi klub so'nggi uchta o'yinda atigi 4 ochko to'plagan.
Eslatib o'tamiz, Pochettino bungacha APLda “Sautgempton” va “Tottenxem”da ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348