U-23 Osiyo kubogi tashkiliy qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Xabaringiz bor, O'zbekiston so'nggi yillarda Osiyo miqyosidagi bir nechta nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Xususan, joriy yilda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi ham yurtimiz maydonlarida bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Bugun O'FA rahbariyati boshchiligida musobaqa tashkiliy qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda yaqin vaqt ichida turnir o'tkaziladigan stadionlar, mehmonxonalar va mashg'ulot maydonlarining tayyorgarligi yuzasidan fikr almashildi hamda ularni OFK talablariga mos holatga keltirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, barcha yo'nalish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316