"Tottenxem" o'z himoyachisini Adama Traorega almashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Angliyaning “Tottenxem” klubi “Vulverxempton” hujumchisi Adam Traorega qiziqishda davom etmoqda, "shporlar" himoyachi Mett Doerti uchun qisman huquq almashishni taklif qilishga tayyor. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Traore "bo'rilar" safiga 2018 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda hujumchi chempionatning 17 o'yinida gol ura olmadi.
Traorening shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. O'tgan mavsumda "Tottenxem" 25 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishi mumkin edi, biroq "Vulverxempton"ga kerakli 47 million evroni to'lashdan bosh tortdi. Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchiga qiziqishini saqlab qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318