"Arsenal" futbolchisi bugun Rimga uchadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Arsenal" himoyachisi Eynsli Meytlend-Nayls "Roma"ga o'tish arafasida.
"The Telegraph" jurnalisti Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, futbolchi "Roma"ga o'tishini rasmiylashtirish uchun bugun Rimga uchadi.
Ikki jamoa kecha futbolchining ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, "bo'rilar" va Nayls ham barcha shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun 24 yoshli Eynsli joriy mavsum APLning 8 o'yinida maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317