«Inter»ga qarshi o'tkazilmagan o'yin uchun «Bolonya»ga texnik mag'lubiyat yoziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Italiya chempionatining 20-turidan o'rin olgan «Bolonya» - «Inter» uchrashuv mezbonlar safida koronavirusga chalinganlar aniqlangani uchun o'tkazilmadi.
"Neradzurri" mazkur uchrashuv uchun mezbonlar maydoniga etib keldi. Ammo "Bolonya" futbolchilari maydonga chiqmadi. Boisi, jamoada COVID-19 kasalligi tarqalgani uchun jamoa a'zolari karantinga yuborildi. Bosh hakam 45 daqiqa kutdi va shundan so'ng o'yin o'tkazilmadi deb topdi. Reglamentga ko'ra, "Bolonya"ga texnik mag'lubiyat yoziladi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus tufayli A seriyaning 20-turidan o'rin olgan "Atalanta" - "Torino", "Salernitana" - "Venetsiya" va "Fiorentina" - "Udineze" uchrashuvlari o'tkazilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331