"Barselona" "Aston Villa"ni bunga majbur qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

"Barselona" va "Aston Villa" yarim himoyachi Filippe Koutino transferini muhokama qilishda davom etmoqda.
Gap 29 yoshli braziliyalikning ijarasi haqida ketmoqda. "Barselona" bu borada optimist va kelishuv bugun yoki ertaga yakunlanishi mumkinligiga ishonmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, "Barsa" kelishuvga Koutinoni "Aston Villa" tomonidan majburiy sotib olish bandini kiritmoqchi.
Biroq birmingemliklar braziliyalikning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qilishini hisobga olib, bunga qarshi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318